Abstract
Ushbu tadqiqotda 110G13L markali yuqori marganesli po‘latni elektr yoyli pechlarda suyuqlantirish jarayonida energiya sarfini kamaytirish va texnologik samaradorlikni oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – eritish jarayonida issiqlik yo‘qotishlarini minimallashtirish, elektr energiya iste’molini optimallashtirish hamda metall sifat ko‘rsatkichlarini barqaror saqlashga yo‘naltirilgan energiya tejamkor texnologik yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.