10ГР8Л PULPA NASOSI ISHCHI GʻILDIRAGINING MONOLIT KONSTRUKSIYADAN QISMLI YECHIMGA OʻTKAZILISHI

Abstract

Amaliy kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, monolit gʻildirakda yeyilish bir tekis taqsimlanmaydi: qoplamali disk (oldingi devor) va palatkalar asosiy diskka nisbatan tezroq yeyiladi. Bu holat gʻildirakning sogʻlom qismlarini ham muddatidan oldin almashtirish zaruratini keltirib chiqaradi. Shuningdek, yopiq tipli gʻildirakning murakkab ichki kanallari sababli quyma sifatini nazorat qilish qiyinlashadi, nuqsonlar (gʻovaklik, yoriqlar) ehtimoli oshadi. 

PDF