Abstract
Pо‘latlardan listli prokatlarni issiq, sovuq holatda olish turlari mavjud. Olingan listni qalinligi asosan qalin listli (qalinligi 4 mm atrofida), yupqa listli (qalinligi 4 mm kichik), keng enli yoki universal pо‘latlarga bо‘linadi. Qalinligi 3 dan 8 mm gacha bо‘lgan listlar о‘rta qalinlikda deb ataladi. Qalin listli pо‘latlar eni 600 dan 5000 mm, qalinligi 4 dan 160 mm gacha va uzunligi 4 dan 12 m gacha bо‘ladi. Yupqa listli pо‘latlarning eni 500 dan 2500 mm gacha, qalinligi 0,20 dan 3,75 mm va uzunligi 700 dan 4000 mm gacha bо‘ladi. Qalinligi 0,20 mm dan kichik bо‘lgan lentlar folga deb ataladi.