Abstract
Olmaliq KMK AJ Markaziy Osiyodagi yirik kon - metallurgiya majmuasi bo‘lib, uning ishlab chiqarish faoliyati natijasida yiliga millionlab tonna texnogen chiqindilar hosil bo‘ladi. Ushbu chiqindilar tarkibida rangli (Cu, Zn, Pb), qimmatbaho (Au, Ag) va noyob metallar (In, Se, Te, Re, Mo, Pd, Pt) mavjud bo‘lib, ularni ikkilamchi xomashyo sifatida qayta ishlash metallurgiya sanoatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.