Abstract
Oʻtkazilgan labaratoriya tadqiqotlari natijalari asosida suyuqlantirilayotgan qotishma tarkibiga flyus sifatida kalsiy korbonat CaCo3 (suyuqlanish harorati 825˚C va zichligi 2,74 g/sm3) dan tashqari ishlab chiqarish korxonasi sharoitida asosli pechda suyuqlantirishda qotishma yuzasida shlak hosil qiluvchi vazifasida kalsiy-ftor (CaF2 suyuqlanish harorati 1418˚C va zichligi 3,18 g/sm3) dan foydalanildi. Bunda har bir element ma’lum miqdorda kombinatsiyalangan holatda qoʻshildi va bu elementlarni qoʻshib borishning yangi tartibli texnologiyasi ishlab chiqildi [1].