Abstract
Yer resurslari jamiyat taraqqiyotining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi rivojlangan hududlarda yer unumdorligi aholining turmush darajasi, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. So‘nggi yillarda butun dunyoda yer degradatsiyasi muammosi keskinlashib bormoqda. Aholi sonining ko‘payishi, tabiiy resurslardan haddan tashqari foydalanish, iqlim o‘zgarishi va noto‘g‘ri xo‘jalik yuritish tizimi natijasida katta maydonlarda unumdorlik pasayib bormoqda.