ALYUMINIY QUUYMAKORLIK QOTISHMALARINING SUYUQOQUVCHANLIGINI ANIQLASH

Abstract

Suyuqoquvchanlik xossasi qotishmalarining eng muhim quymakorlik xossasi hisoblanadi. Agar namunlarni quyish jarayonida qotishmada yetarli darajadagi suyuqoquvchanlik xossasi bo‘lmasa quymalarda turli nuqsonlar yetishmaslik, qolipni egallab olmaslik, gaz rakovinalar va boshqalar paydo bo‘lishi mumkin.Suyuqoquvchanlik juda ko‘p omillarga jumladan, qotishmaning qovushqoqligi 
va sirt tarangligi, uning tarkibi, quyilish sharoiti, qotishmaning qolipdagi harakati va sovishi, uning birlamchi kristallanish sharoiti, kristallanish oralig‘i va boshqalar bog‘liqdir.Suyuqoquvchalik ikki tur bo’lib, haqiqiy va amaliyga bo’linadi. Haqiqiy va amaliy suyuqoquvchanlik o‘rtasida farq bor. Haqiqiy suyuqoquvchanlikni nol suyuqoquvchanlik chizig‘idan bir xil haroratda turli xil tarkibdagi qotishmalar uchun aniqlanadigan suyuqoquvchanlik deb tushunish kerak. Bunday holda, har xil quyish haroratini olish mumkin.  

PDF