Abstract
Mazkur maqolada mashinasozlik sanoatida avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarining ahamiyati, ularning tarkibi, ishlash prinsiplari hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi roli tahlil qilingan. Zamonaviy sanoat korxonalarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, robotlashtirilgan texnologiyalar va raqamli ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish natijasida mahsulot sifatining yaxshilanishi, mehnat unumdorligining ortishi hamda ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi asoslab berilgan.