Abstract
Mamlakatimizda transport sohasi rivojlanishining hozirgi bosqichi transport oqimlarini boshqarishda innovatsion yondashuvlarni joriy etish, makro va mikro darajada samarali boshqaruv siyosatini amalga oshirish, shuningdek transport va logistika tizimlarida zamonaviy mexanizmlarni tatbiq etish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Hozirgi kunda transport tizimlarining jadal rivojlanishi, avtomobillar sonining ortib borishi hamda shahar infratuzilmasining murakkablashuvi transport oqimlarini samarali boshqarish zaruratini keskin oshirmoqda. Ayniqsa, yirik shaharlarda transport tirbandliklari, yo‘l-transport hodisalari sonining ortishi, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarning kuchayishi kabi muammolar transport tizimini ilmiy asosda tahlil qilish va boshqarishni talab etadi.