Abstract
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va logistika infratuzilmasining barqaror rivojlanishi kuzatilmoqda, bu esa sovutish texnologiyalariga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishiga olib kelmoqda [1].
Ma’lumki, sovutish mashinasozligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, sovutish zanjiri yetarli darajada rivojlanmagan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yo‘qotilishi 25–30 % gacha yetishi mumkin [2]. Shu sababli sovutish texnikasini rivojlantirish nafaqat iqtisodiy, balki strategik ahamiyatga ham ega.