Abstract
Jahon amaliyotida ko‘plab mamlakatlar barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tishda yetakchi mamlakatlar tajribasidan foydalanganlar. Bu mamlakatlar erishgan ijobiy tajribani umumlashtirib, barqaror rivojlanishning muhim sifat ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirdilar va ularning miqdoriy qiymatlarini aniqladilar.
Bu 2012-yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan BMTning Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasidan so‘ng barqaror rivojlanish doktrinasida institutsionalizatsiya qilingan bo‘lib, unda mamlakatlarning yashil iqtisodiyotga o‘tish istiqbollari bayon qilingan. Ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik barqaror rivojlanish maqsadlarini birlashtirish tendentsiyasi paydo bo‘ldi. “Yashil iqtisodiyot” tushunchasi kelajakka yo‘l sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda - bu iqtisodiyot inson farovonligi va ijtimoiy adolatni yaxshilaydi, shu bilan birga ekologik xavf va kamchiliklarni sezilarli darajada kamaytiradi.