SHAR PROKATLASH VALOKLARINI QIRQISHDA KULACHOKLI MEXANIZMLARNING DINAMIKASINI MATEMATIK MODELLASH VA AMALIY TATBIQI

Abstract

Shar prokatlash valoklarini tayyorlash texnologiyasi davomida eng murakkab va mahsulot sifatini bevosita belgilaydigan bosqich — bu vintli kalibrlarni kesish jarayonidir. Ushbu bosqich valok ishchi yuzasida geometrik jihatdan murakkab uch yoki to'rt kirimli vintli ariqchalarni yuqori aniqlikda hosil qilishni talab etadi.

Sharlarni prokatlash uchun vintli kalibrlarni qirquvchi tizim kulachokli mexanizmlarining yangi sinfini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Bunday mexanizmlar zamonaviy prokat uskunalarida o'zining aniq qo'llanilish o'rnini topishi va ishlab chiqarishga joriy etilishi lozim. Jahon bo'yicha tog'-kon, sement, energetika, oltin qazib oluvchi va boshqa sanoat tarmoqlarida majdaloovchi sharlarni prokatlash uchun zamonaviy shar prokatlash dastgohlari keng qo'llanilmoqda.

PDF