Kronshteyn tipidagi detallarga mexanik ishlov berish istiqbollari

Abstract

Sanoatning yetakchi tarmoqlaridan biri mashinasozlik sohasi hisoblanadi. U asosiy ishlab chiqarish fondlarining eng faol qismi bo‘lgan mehnat qurollarini yaratadi, shu bois uning o‘sish sur’atlarini jadallashtirish mamlakat xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi ilmiy-texnika taraqqiyotining asosidir. Mahalliy mashinasozlik sanoatini qayta tiklash va rivojlantirishni ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqarishni jadallashtirmasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi. Mashinasozlik ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishga faqat uni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, yuqori unumli uskunalar bilan jihozlash orqaligina erishish mumkin. Zamonaviy sharoitda sonli dasturiy boshqaruvga ega texnologik uskunalar keng tarqalmoqda. Ular butun ishlov berish jarayonini bir dastgohda amalga oshirish imkonini beradi. Bunday uskunalar yuqori unumdorligi, orttirilgan aniqligi, ishlov berishning yuqori jamlanmasi hamda ish jarayonida inson ishtirokining kamayishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, kronshteyn tipidagi detallar turli mexanik tizimlarda yuk ko‘taruvchi va mahkamlovchi element sifatida keng qo‘llaniladi [1-3]. Shu sababli ularni ishlab chiqarishda optimal texnologik jarayonni loyihalash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

PDF