Ishlov beriladigan materiallar va kesuvchi asboblar. Kuchlar eksperimenti uchun barmoqsimon frezaning ruxsat etilgan elkasini aniqlash

Abstract

Kuchlar bo‘yicha bajarilgan ishlarning asosiy qismi 6M12P modelli vertikal frezalash dastgohida o‘tkazildi. Ishlov beriladigan materiallar sifatida toblangan alyuminli qotishma AK6 titanli qotishmalar VT1, VT22 va konstruktsion po‘lat St40X lar foydalanildi. Asboblar materiallar sifatida AK6 va St40X lar uchun R6M5, R18 markali tezkesar po‘latlar, titanli qotishmalar uchun esa [1] va [2] larning tavsiyalariga ko‘ra, qattiq qotishma VK8 dan foydalanildi. Barmoqsimon frezalarning kesuvchi qismlarining geometrik parametrlari GOST 17026-71 va 20537-75 andozalariga mos ravishda qabul qilindi. Asosiy eksperimentlar diametri D=20⸱10-3m. bo‘lgan barmoqsimon frezalarda o‘tkazildi. Bular uchun olingan kuchlar bog’lanishi, keyin boshqa diametrli frezalar uchun tekshirib ko‘rildi.

PDF