Abstract
Neft sanoati zamonaviy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri bo‘lib, ushbu sohada qo‘llaniladigan texnologik jihozlarning sifati va ishonchliligi butun ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydi. Burg‘ilash qurilmalari, nasoslar, quvurlar, separatorlar va boshqa jihozlar yuqori bosim, temperatura va agressiv muhit sharoitida ishlaydi. Shu sababli ularni ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. An’anaviy ishlab chiqarish usullarida resurslardan samarasiz foydalanish, ortiqcha vaqt sarfi va ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar kuzatiladi. Zamonaviy yondashuvlar, xususan, raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish va optimallashtirish metodlari bu muammolarni bartaraf etish imkonini beradi [1]. Ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish orqali mahsulot sifatini oshirish, tannarxni kamaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin. Shu sababli ushbu masala bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.