Mahsulot sifati boshqaruvida zamonaviy yondashuvlar: standartlashtirish va sertifikatsiya tizimlari tahlili

Abstract

Zamonaviy sanoat va ishlab chiqarish tizimida mahsulot sifati iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mahsulot sifati iste’molchi ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u texnik, funksional va iqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali namoyon bo‘ladi. Mahsulot sifati deganda uning belgilangan va kutilayotgan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini ifodalovchi xususiyatlar majmui tushuniladi, shuningdek, bu tushuncha xalqaro standartlarda ham keng yoritilgan (ISO 9001:2015). Shu sababli sifatni oshirish masalasi faqat ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish bilan cheklanmay, balki mahsulotning iste’mol qiymatini oshirishga qaratilgan kompleks yondashuvni talab qiladi [3].

PDF