CNC vertikal frezalash dastgohlarida flanets qopqoq detali uchun samarali ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish
PDF

Keywords

CNC
vertikal frezalash
flanets qopqoq
ishlov berish texnologiyasi
kesish rejimi
frezalash jarayoni
burg‘ulash
kontur ishlov berish
G-code

Abstract

CNC vertikal frezalash dastgohlari zamonaviy mashinasozlikda murakkab shaklli detallarni yuqori aniqlik va samaradorlik bilan tayyorlash imkonini beradi. Ayniqsa, flanets qopqoq kabi aylana simmetriyaga ega bo‘lgan detallarni ishlab chiqarishda CNC texnologiyasi katta afzalliklarga ega bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtiradi, vaqt sarfini kamaytiradi va aniqlikni oshiradi.Flanets qopqoq detalini ishlab chiqishda texnologik jarayonni to‘g‘ri tashkil etish, ya’ni operatsiyalar ketma-ketligini belgilash, asbob tanlash, kesish rejimlarini hisoblash va G-kod dasturini to‘g‘ri tuzish muhim ahamiyatga ega. CNC dasturlashda G-kodlar orqali stanokning harakati, freza yo‘nalishi, aylanish tezligi va kesish chuqurligi aniq boshqariladi.Quyida flanets qopqoq detali uchun CNC vertikal frezalash dastgohida ishlov berishning umumiy texnologik ketma-ketligi va G-kod asosidagi dastur namunasi keltiriladi. Bu ishlab chiqarish jarayonida  ishlab chiqarish jarayoni letma ketligi muhim masalan Zagatovkani stanok stoliga mahkamlash, Nol nuqtani (Work Offset – G54) belgilash, Yuzani tekislash (facing operation), Kontur frezalash (outer profile milling, Teshik ochish (drilling operatio), Faska va yakuniy ishlov berish.

PDF