Abstract
Maqolada mashinasozlik sanoatida ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashni avtomatlashtirishning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shu bilan birga, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini joriy etishda texnik, tashkiliy, iqtisodiy va kadrlar bilan bog‘liq muammolar mavjud. Maqolada ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashni avtomatlashtirishning nazariy asoslari, mavjud texnologiyalar va ularning qo‘llanilish darajasi o‘rganilgan.