Abstract
Kulachokli mexanizmlarda muhim parametrlardan biri eng yuqori bosim burchagi sanaladi. U asosan mexanizmning samaradorligi, ishonchliligi va chidamliligini belgilaydi. Tajribalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, turtkichi ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi kulachokli mexanizmlarda bosim burchagining ruhsat etilgn maksimal qiymatlari, turtkich rolikli bo‘lsa 30°-37°, nayzasimon tarelkali bo‘lsa 40°-45° oralig‘larida bo‘ladi. Bosim burchagi geometrik parametr bo‘lib, u mexanizmning konstruktiv o‘lchamlariga bog‘liqdir [1; 179-b.].