Abstract
Neft va gaz sanoati zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llashni talab qiladigan eng murakkab va strategik sohalardan biri hisoblanadi. Ushbu sohada qo‘llaniladigan qurilmalar yuqori bosim, yuqori temperatura va agressiv muhitlarda ishlaydi. Shu sababli ularni loyihalash jarayonida aniqlik, ishonchlilik va xavfsizlik darajasi juda yuqori bo‘lishi talab etiladi. An’anaviy loyihalash usullari ko‘p vaqt va resurs talab qilganligi sababli, bugungi kunda zamonaviy kompyuter texnologiyalari - CAD (Computer-Aided Design) va CAE (Computer-Aided Engineering) tizimlari keng qo‘llanilmoqda. Ushbu tizimlar yordamida murakkab qurilmalarni tez va aniq loyihalash, ularning ishlashini modellashtirish va optimallashtirish imkoniyati yaratiladi [1].