Abstract
Zamonaviy avtomobil sanoati yuqori texnologiyalarga asoslangan, tez rivojlanayotgan va raqobat kuchli bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Ushbu sohada ishlab chiqarish jarayonlarining murakkablashuvi, raqamlashtirish va avtomatlashtirishning keng joriy etilishi malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirmoqda. Shu sababli kadrlar tayyorlash tizimini ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. An’anaviy ta’lim tizimida nazariy bilimlarga ko‘proq e’tibor qaratilib, amaliy ko‘nikmalar yetarli darajada shakllantirilmaydi. Natijada bitiruvchilar ishlab chiqarish jarayoniga moslashishda qiyinchiliklarga duch keladi. Bu esa korxonalar uchun qo‘shimcha xarajatlar va vaqt yo‘qotilishiga olib keladi [1]. Shu nuqtai nazardan, ta’lim tizimi va ishlab chiqarish o‘rtasida samarali integratsiyani yo‘lga qo‘yish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.