Abstract
Avtomobil transporti xalq xoʻjaligining murakkab tarmogʻi boʻlib, mehnat unumdorligi va avtomobil xoʻjaliklarining rentabel ishlashiga juda koʻp faktorlar ta'sir koʻrsatgan. Avtomobil qatnovidan, prisep va priseplardan keng koʻlamda, avtomashinalarning yuk koʻtarish quvvatidan toʻgʻri foydalanish, moddiy vositalarni tejab ishlatish, avtomashinalarning joriy ta'miri sifati, mashinalarning liniyalarida ishlash muddati, mehnat va ish haqining toʻgʻri tashkil qilish avtomobil transportida mehnat unumdorligiga bevosita ta'sir koʻrsatdi. 1960-1980 yillarda umum foydalanadigan avtomobil transporti korxonalari butun avtomobil transportida oldingi oʻrinlarni mustahkamlab oldi. Bu korxonalari harakatidagi tarkiblardan unumli foydalanish maqsadida ilgʻor usullarni joriy etib, yuk va yoʻlovchilar tashish jarayoni oqilona tashkil qilingan yirik korxonalarga aylandi.