TRANSPORT SOHASINING RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI (XX-ASRNING IKKINCHI YARMIDA TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA)

Abstract

Avtomobil transporti xalq xoʻjaligining murakkab tarmogʻi boʻlib, mehnat unumdorligi  va avtomobil  xoʻjaliklarining rentabel ishlashiga  juda koʻp faktorlar ta'sir koʻrsatgan. Avtomobil qatnovidan, prisep va priseplardan keng koʻlamda, avtomashinalarning yuk koʻtarish quvvatidan toʻgʻri foydalanish, moddiy vositalarni tejab ishlatish, avtomashinalarning joriy ta'miri sifati, mashinalarning liniyalarida  ishlash muddati, mehnat va ish haqining toʻgʻri tashkil qilish avtomobil transportida mehnat unumdorligiga bevosita ta'sir koʻrsatdi. 1960-1980 yillarda umum foydalanadigan avtomobil transporti korxonalari butun  avtomobil transportida oldingi oʻrinlarni mustahkamlab oldi. Bu korxonalari harakatidagi tarkiblardan unumli foydalanish maqsadida ilgʻor usullarni joriy etib, yuk va yoʻlovchilar tashish jarayoni oqilona tashkil qilingan yirik korxonalarga aylandi.

PDF