Abstract
Ushbu tezisda yoshlar orasida mediasavodxonlikni rivojlantirishning dolzarbligi, uning ijtimoiy, psixologik va pedagogik ahamiyati keng yoritiladi. Hozirgi globallashuv va raqamli texnologiyalar rivojlangan davrda yoshlar turli axborot oqimlari ta’sirida yashamoqda. Bu esa ulardan axborotni tanlash, tahlil qilish, baholash va undan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini talab etadi. Mediasavodxonlik yoshlarning tanqidiy fikrlashini rivojlantiradi, ularni yolg‘on va manipulyativ axborotdan himoya qiladi hamda ongli axborot iste’molchisi sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.