Abstract
JSST maʼlumotlariga koʼra 2014 yilda yer yuzidagi 18 yoshdan katta aholining 1,9 mlrd. ortiqcha tana vazni va 600 mln dan ortigʼida semizlik mavjudligi aniqlangan (T.V. Juk, 2017; Ye.N. Аndreev va b.q., 2019). Bu koʼrsatkich 2030 yilga borib 2,5 mlrddan oshishi taxmin qilinmoqda. Boshqa surunkali noinfekon kasalliklar kabi semizlik rivojlanish chastotasi va epidimiologiyasi aholining etnik farqi, geografik va ijtimoiy-iqtisodiy yashash sharoitlari bilan bogʼliqdir (Y .Hang, S. Wang, 2012 ).