Abstract
Oʼt yoʼllari kasalliklari ovqat hazm qilish aʼzolarining patologiyasi strukturasida eng keng tarqalgan boʼlib, ularning 11% ni tashkil qiladi. Soʼnggi 15 yil ichida ushbu kasalliklarning chastotasi ikki baravar oshdi [Nogaller А.M., 2000, Ivanchenkova. 2006, Sherloc S., 2001]. Mavjud statistik maʼlumotlarga koʼra, abdominal semizlikga uchragan bemorlarda oʼt yoʼllari kasalliklari bilan kasallanish 1000 aholiga 29,4 tani tashkil etadi. Oʼt yoʼllari patologiyalari orasida surunkali toshsiz xoletsistit (STX) asosiy oʼrinlardan birini egallaydi.