Abstract
Ushbu tezizda O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan Nurota vohasi aholisining asosiy xo‘jaliklaridan biri hisoblangan an’anaviy chorvachilikda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Vohaning o‘ziga xos tabiiy-geografik sharoiti,iqlimi va Nurota tizma tog‘lari, Qizilqum sahrosining tutashgan hudud ekanligi bu yerda chorvachilikning yaylov-chorvachilik hamda yarim o‘troq shakllari rivojlanishiga sabab bo‘lgan.Hamda Nurota vohasining murakkab geografik hududda shakllangan chorvachilik madaniyati o‘zining ko‘p asrlik an’analari, ekologik moslashuvchanligi va o‘ziga xos lokal xususiyatlari bilan ajralib turashi asoslab beriladi tatqiqotda.