Abstract
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib borayotgan “feyk” (soxta) xabarlarning mohiyati, ularning jamiyat ongiga ta’siri va tarqalish sabablari tahlil qilinadi. Shuningdek, inson psixologiyasiga ta’sir etuvchi omillar, ya’ni ishonuvchanlik, emotsional ta’sirchanlik va axborotni tanqidiy qabul qilish darajasi yoritib beriladi. Maqolada feyk xabarlarni aniqlashning asosiy psixologik usullari, jumladan, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, manbalarni tekshirish, axborotni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy tarmoqlarda axborot xavfsizligini ta’minlash va foydalanuvchilarning media savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.