Abstract
Maqolada Furye qatorlarining matematik asoslari, ularning signalni qayta ishlashdagi ahamiyati va zamonaviy texnologiyalarda qoʻllanilishi koʻrib chiqilgan. Furye qatorlari orqali signalni turli chastotali komponentlarga ajratish, filtrlash, siqish va shovqinni bartaraf etish kabi amaliy misollar bilan tushuntirilgan. Toshkent hududidagi seysmik signalni tahlil qilish misolida Furye qatorlarining geofizikadagi roli namoyish etilgan. Maqola muhandislik, telekommunikatsiya va ilmiy tadqiqotlar sohasida foydali boʻladigan ushbu metodlarni tushunishga yordam beradi.