NEFT VA GAZ FILTRATSIYASI JARAYONI TAHLILI
PDF
DOI

Keywords

g‘ovak muhit, filtratsiya, qovushqoqlik, g‘ovaklik koeffitsiyenti, o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti, filtratasiya tezligi, matematik model, differentsial tenglamalar, nostatsionar jarayonlar.

How to Cite

Ermonova Mohinur Umidjon qizi. (2025). NEFT VA GAZ FILTRATSIYASI JARAYONI TAHLILI. USA- SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(2), 42-51. https://e-conferences.org/index.php/usa/article/view/59

Abstract

Ushbu maqolada g‘ovak muhitda neft va gaz filtratsiyasi jarayonlarini matematik modellashtirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Filtratsiya jarayonlarining samaradorligini oshirish va qazib olish texnologiyalarini takomillashtirish uchun ularni to‘g‘ri modellashtirish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot dolzarbligi shundaki, ko‘p qatlamli uglevodorodli jinslarda filtratsiya jarayonlarini tahlil qilish va optimallashtirish bo‘yicha hali ham yetarlicha mukammal yechimlar ishlab chiqilmagan. Maqolada filtratsiya jarayonlarini ifodalovchi differentsial tenglamalar, g‘ovak muhitning fizik xususiyatlari hamda ularning parametrik bog‘liqliklari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, filtratsiya jarayonlarining asosiy omillari, jumladan, g‘ovaklik, o‘tkazuvchanlik va siqiluvchanlik koeffitsiyentlari o‘rganilib, matematik modellashtirish usullari taklif etiladi. Tadqiqotda Darsi qonuni va uning zamonaviy interpretatsiyasi asosida matematik model ishlab chiqilgan bo‘lib, natijalari neft va gaz konlarini samarali boshqarish uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

PDF
DOI