Abstract
Ushbu ilmiy ishda Sharq mutafakkirlarining merosida bolalarni axloqiy tarbiyalash va insonparvarlik g‘oyalarining nazariy asoslari Alisher Navoiy ijodi misolida tahlil qilinadi. Maqsad – Navoiy asarlarida yosh avlodni axloqiy fazilatlarga, insonparvarlik, adolat, mehr-oqibat, ilm- fanga bo‘lgan muhabbat kabi qadriyatlarni singdirish borasidagi ta’limiy g‘oyalarni o‘rganish va ularning zamonaviy bolalar tarbiyasiga qo‘shadigan hissasini aniqlashdir. Shuningdek, Sharq mutafakkirlarining axloqiy tarbiya va insonparvarlik masalalariga bo‘lgan yondoshuvlarini Navoiy ijodi misolida o‘rganish orqali, milliy tarbiya an’analarining zamonaviy pedagogik tizimga qo‘shadigan hissasi hamda bolalar tarbiyasida axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni singdirishning ahamiyati yuzaga chiqariladi.