FITRAT DRAMATURGIYASIDA DAVR VOQEALARI
PDF
DOI

Keywords

Fitrat dramaturgiyasi, davr voqealari, tarixiy haqiqat, ijtimoiy-siyosiy muhit, madaniy va ma’naviy uyg‘onish, dramatik publitsistika, dramatik obraz, adabiy tahlil, dolzarb muammolar.

How to Cite

Rahmonqulov Musulmon Xayrullo o‘g‘li, & Gulchexra Imomova. (2025). FITRAT DRAMATURGIYASIDA DAVR VOQEALARI. USA- SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(2), 25-30. https://e-conferences.org/index.php/usa/article/view/43

Abstract

Ushbu maqolada Fitrat dramaturgiyasida aks etgan davr voqealari tahlil qilinadi. Muallifning ilk asari – dramatik publitsistikaga moyil “Munozara” va dramalari – “Abulfayzxon”, “Hind ixtilochilari”da o‘z zamonasining ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ma’naviy muhitini qanday aks ettirgani, tarixiy haqiqat va badiiy talqin o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Shuningdek, Fitrat pyesalarida jamiyatning dolzarb muammolari, milliy va ma’naviy uyg‘onish g‘oyalari hamda dramatik obrazlar vositasida ifodalangan ijtimoiy fikrning rivoji yoritiladi. Uning asarlaridagi obrazlar ijtimoiy ziddiyatlarni, milliy ruh va davr voqealarini aks ettiruvchi chuqur timsollar orqali gavdalantirilgan. Fitratning dramaturgik asarlari o‘z davrida milliy uyg‘onish harakati, jadidchilik g‘oyalari va xalqning ertangi kuniga bo‘lgan umidlarini aks ettirgan. U o‘z asarlari orqali shu davrdagi holatlarni, xalqning qanday ahvolda ekanligini aniq va ravshan tarzda yetkazib bergan. Tadqiqot jarayonida adabiy-badiiy tahlil asosida Fitrat dramaturgiyasining davr ruhi bilan uyg‘unligi ochib beriladi.

PDF
DOI