GORMANAL REGULYATSIYA VA ENDOKRIN TIZIM FAOLIYATI
PDF
DOI

How to Cite

Azimova Farangis Xibbatjonovna. (2025). GORMANAL REGULYATSIYA VA ENDOKRIN TIZIM FAOLIYATI. USA- SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(6), 42-44. https://e-conferences.org/index.php/usa/article/view/352

Abstract

Endokrin bezlar nerv tizimi bilan hamkorlikda organizm funksiyalarini boshqarishda (regulyasiya qilishda) ishtirok etadi. Bu jarayonda nerv tizimi yetakchi o‘rinni egallaydi. Shunday bo‘lsada, funktsiyalarning gormonlar yoki boshqa biologik faol moddalar bilan, ya’ni gumoral yo‘l bilan boshqarilishi nihoyatda muhim. Gormonlar bir qancha o’ziga xos xususiyatlarga ega va shu jihatdan nerv impulslaridan farq qiladi. Jumladan, qanday bo’lmasin ma‘lum bir gormon organizmdagi muayyan organ faoliyatiga ta‘sir ko’rsatadi va unda tegishli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Gormonlar tegishli bezlarda uzluksiz ravishda hosil bo’lib, tegishli organlarda uzluksiz parchalanib turadi. Har turdagi hayvonlarning bir-xil turdagi gormonlari o’z xossalari jihatidan bir-biridan odatda ko’p farq qilmaydi. Shu sababli zaruriyat tug’ilganda bir turdagi hayvonning ko’pchilik gormonlarini boshqa bir turdagi hayvonlarga yuborish mumkin.

PDF
DOI