Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda influencer marketingning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Ijtimoiy tarmoqlar keng ommalashgani va raqamli texnologiyalarning jadallashuvi natijasida brendlar hamda iste’molchilar o‘rtasida o‘ziga xos kommunikatsiya shakllandi. Blogerlar va ijtimoiy tarmoq yetakchilari auditoriya ishonchini qozonib, an’anaviy reklama vositalariga nisbatan samaraliroq marketing kanali sifatida maydonga chiqmoqda. Tadqiqotda influencer marketingning afzalliklari, mavjud muammolari hamda uning istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kichik biznes va startaplar uchun influencer marketingdan foydalanishning yangi imkoniyatlari va uni samarali qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.