Abstract
Mazkur maqolada mexatron qurilmalarni masofadan boshqarish texnologiyalari, ularning texnik asoslari va qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. IoT (Internet of Things), simsiz aloqa, real vaqtli monitoring kabi zamonaviy yechimlar yordamida mexatronik tizimlarning samaradorligi qanday oshirilayotgani ilmiy jihatdan yoritiladi. Masofaviy boshqaruv imkoniyatlari sanoat, tibbiyot, mudofaa va boshqa ko‘plab sohalarda inson mehnatini yengillashtirish va xavfsizlikni ta'minlashda muhim o‘rin tutadi.