IQLIM O‘ZGARISHIDAGI ZARARKUNANDA VA KASALLIKLARNING RIVOJLANISHI
PDF
DOI

How to Cite

Zokirova Mohiraxon Lutfullayevna. (2025). IQLIM O‘ZGARISHIDAGI ZARARKUNANDA VA KASALLIKLARNING RIVOJLANISHI. USA- SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION, 1(5), 10-12. https://e-conferences.org/index.php/usa/article/view/309

Abstract

So‘nggi yillarda global miqyosda iqlim o‘zgarishi jarayonlari qishloq xo‘jaligi faoliyatiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu o‘zgarishlar nafaqat harorat va yog‘ingarchilikning o‘zgarishi bilan ifodalanadi, balki ekinlar salomatligi va hosildorligiga jiddiy tahdid soluvchi zararkunandalar hamda o‘simlik kasalliklarining soni va tarqalish hududlarini ham kengaytirmoqda. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir qiladi.

Zararkunanda va kasalliklar uchun iqlim muhim ekologik omil hisoblanadi. Haroratning ortishi, namlikning ko‘payishi yoki kamayishi, mavsumiy kechikishlar – bularning barchasi zararkunandalarning hayotiy faoliyati, ko‘payishi, tarqalish tezligi va davriyligiga bevosita ta’sir qiladi. Masalan, o‘tgan yillarda O‘zbekistonning bir qator hududlarida paxta ekinlarida ko‘p yillik kuzatilmagan kapalak zararkunandalari sonining oshishi kuzatildi. Bunga sabab bo‘lib, qishning iliq o‘tishi, erta bahor va yozning haddan tashqari issiq kelishi bo‘ldi

PDF
DOI