Abstract
Ushbu maqolada Namangan shahri hududida joylashgan sanoat va transport vositalarining faoliyati natijasida tuproqlarning og‘ir metallar (Pb, Cd, Zn, Cu, Cr va boshqalar) va neft mahsulotlari bilan ifloslanish darajasi tahlil qilingan. Tadqiqot dolzarbligi O‘zbekiston Respublikasi ekologik xavfsizlik strategiyalari va barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lib, aholi salomatligi va agroekotizim barqarorligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shahar tuproqlarida ifloslanish manbalarini aniqlash, ekologik monitoring usullarini takomillashtirish va biologik indikatorlar qo‘llash zarurligi asoslab berilgan. Maqolada tuproqni sog‘lomlashtirish choralaridan biri sifatida bioremediatsiya va fitoremediatsiya usullari taklif etilgan