Abstract
Mazkur maqolada turkiy xalqlar folklori namunalarining jahon tilshunosligi doirasida o‘rganilishi, ularni tadqiq etishning nazariy-metodik asoslari, lingvokulturologik va tarjimashunoslik jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “O‘g‘uznoma” kabi epik asarlar hamda Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib singari mutafakkirlarning asarlari asosida folkloriy birliklarning tarjima muammolari, madaniy lakunalari va semantik tafovutlari ochib beriladi. Dunyo miqyosidagi folkloriy tadqiqotlarda turkiy xalqlarning og‘zaki ijodiga nisbatan bo‘lgan yondashuvlar, metodologiyalar va yondashuvlar solishtirma asosda tahlil qilinadi