SHOYIM BO‘TAYEV ASARLARIDA BADIIY PSIXOLOGIZM MASALASI
PDF

Keywords

Shoyim Bo‘tayev, badiiy psixologizm, ruhiy kechinma, ichki monolog, subtekst, xotira oqimi, “Sirli yulduzlar”, “Qo‘rg‘onlangan oy”, “Shamol o‘yini”, psixologik konflikt, badiiy detal, ruhiy tasvir, modern psixologik nasr

Abstract

Ushbu maqolada Shoyim Bo‘tayevning “Sirli yulduzlar”, “Dunyoning sarhisobi bor”, “Endi bari boshqacha”, “Shamol o‘yini”, “Qo‘rg‘onlangan oy”, “Kunbotardagi bog‘”, “Hayot” va “Ko‘chada qolgan ovoz” kabi asarlarida badiiy psixologizmning namoyon bo‘lishi tahlil qilingan. Muallif qahramon ruhiyatini ochib berishda ichki monolog, subtekstli dialog, badiiy detal, ramziy tasvir va xotira oqimi kabi psixologik badiiy vositalardan keng foydalanadi. Bo‘tayevning ilk qissasi “Sirli yulduzlar”da yosh qahramonlarning orzu, iztirob va ruhiy o‘zgarishlari chuqur yoritilgan bo‘lsa, “Dunyoning sarhisobi bor” to‘plamida insonning ma’naviy o‘zini anglash jarayoni psixologik tahlil markaziga qo‘yiladi. “Qo‘rg‘onlangan oy” romanida ruhiy konflikt va jamiyat–shaxs ziddiyati asosiy psixologik qatlamni tashkil etadi. “Kunbotardagi bog‘”, “Hayot” va “Ko‘chada qolgan ovoz” asarlarida esa yolg‘izlik, iztirob, xotira va hayotga munosabat kabi holatlar obraz ruhiyatidagi o‘zgarishlar bilan uyg‘un holda tasvirlanadi. Tadqiqot Shoyim Bo‘tayevning psixologik realizmni o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos tarzda rivojlantirgan ijodkor sifatidagi mavqeini ilmiy jihatdan asoslab beradi.

PDF