Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodi tili va uning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodi namunalarida tilning badiiy, obrazli, poetik imkoniyatlari, milliy tafakkur va dunyoqarash ifodasini beruvchi vositalar ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada maqollar, matallar, ertaklar, qo‘shiqlar, dostonlar va afsonalar tili tahlil qilinib, ularning o‘zbek tilining boyligi va ifoda salohiyatini yoritishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi tili zamonaviy o‘zbek adabiy tili shakllanishidagi manba sifatida o‘rganiladi. Tadqiqot xalq og‘zaki ijodi tili orqali milliy madaniyat, urf-odat va qadriyatlarni o‘rganishning ahamiyatini ko‘rsatadi.