Abstract
Ushbu tezis eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan bolalarda nutqiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy kompleks usullari va ularning samaradorligiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda nutqiy rivojlanishning sustlashishi va eshitish idrokining qiyinlashishi kabi muammolarni bartaraf etishda koxlear implantatsiya, eshitish apparatlari, akustik stimulyatsiya, logopedik trening va interfaol multimedia texnologiyalarining o‘rni tahlii qilinadi. Multidisiplinar yondashuv asosida olib borilgan reabilitatsiya chora-tadbirlari natijalari taqdim etilib, ularning samaradorligi ilmiy asoslanadi. Xulosa qilib, nutqiy tafakkurni rivojlantirishda diagnostika, texnologik yordam va pedagogik uslublarning uyg‘unligi zarurligi ta’kidlanadi.