Abstract
Mazkur tezisda milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar jarayonlarini takomillashtirish masalalari o‘rganiladi. Unda iqtisodiyotning zamonaviy talablar asosida yangilanishi, tarmoqlararo muvozanatni ta’minlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida tarkibiy transformatsiyaning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ishlab chiqarish, xizmatlar va agrar sohalardagi strukturaviy islohotlar chuqur o‘rganilib, ularning iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlikka ta’siri aniqlanadi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot milliy iqtisodiyotda barqarorlikni ta’minlash va uni global iqtisodiy makonga integratsiyalashuv jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.