ARBITRAJDA SUN’IY INTELLEKT TOMONIDAN TAYYORLANGAN HUJJATLARNING HUQUQIY KUCHI VA DALILIY AHAMIYATI
PDF

Keywords

Sun’iy intellekt (SI), dalillarning maqbulligi (admissibility of evidence), daliliy ahamiyat (probative value), tegishli protsessual huquq (due process), oshkor qilish (disclosure), xalqaro tijorat arbitraji, “gallyutsinatsiya” muammosi, “qora quti” muammosi, SVAMC yo‘riqnomalari, CIArb ko‘rsatmalari, eDiscovery, Nyu-York Konvensiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining huquqiy jarayonlarga, xususan xalqaro tijorat arbitrajiga kirib kelishi atroflicha tahlil qilinadi. Bugungi kunda SI tizimlaridan foydalanish dalillarning maqbulligi, ularning haqiqiyligini tasdiqlash hamda protsessual tenglik kabi bir qator fundamental huquqiy savollarni yuzaga keltirmoqda. Maqolada arbitraj jarayonlarida SI tomonidan yaratilgan hujjatlar va taqdim etilayotgan dalillarning nazariy asoslari, ularni qo‘llashdagi amaliy xavf-xatarlar hamda yangi shakllanayotgan xalqaro me’yoriy-huquqiy baza qiyosiy tahlil orqali o‘rganiladi. Ayniqsa, Mata v. Avianca sud keysida kuzatilgan SI “gallyutsinatsiyasi”, “qora quti” muammosi va tijorat sirlarining maxfiyligi masalalari arbitraj protsessida adolatli sudlov (tegishli protsessual huquq) tamoyillariga jiddiy xavf tug‘dirayotgani ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada elektron dalillarni to‘plash jarayoni, xalqaro maqbullik standartlari, xususan, IBA dalillarni olish qoidalarining 9(1)-moddasi, Silicon Valley Arbitraj va Mediatsiya Markazi (SVAMC) yo‘riqnomalari hamda Chartered Institute of Arbitrators (CIArb) ko‘rsatmalari o‘zaro qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot xulosasi sifatida, arbitrajda SI tomonidan taqdim etiladigan dalillarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida muallif tomonidan ishlab chiqilgan uch bosqichli sertifikatlash mexanizmi va SI vositalaridan foydalanilganini majburiy oshkor qilish talabining ilmiy-huquqiy asoslari tahlil etiladi.

PDF