SURDO-TAEKVONDO SPORTCHILARINING MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
PDF

Keywords

Surdo-taekvondo, maxsus jismoniy tayyorgarlik, sportchilar, kuch, tezkorlik, chidamlilik, koordinatsiya, mashg‘ulot.

Abstract

Mazkur maqolada surdo-taekvondo sportchilarining maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Surdo-taekvondo bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning sport mahoratini oshirishda tezkorlik, kuch, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik, muvozanat va koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, eshitishida cheklovi bo‘lgan sportchilarning mashg‘ulot jarayonini tashkil etishda vizual axborot, imo-ishoralar, murabbiy ko‘rsatmalari va takroriy mashqlar tizimidan samarali foydalanish zarur. Tadqiqotda surdo-taekvondo sportchilarining maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar majmuasi, ularning mazmuni va mashg‘ulot jarayonidagi qo‘llash metodikasi tahlil qilingan. Maxsus jismoniy mashqlarni sportchilarning individual xususiyatlari, tayyorgarlik darajasi va taekvondo texnik harakatlarining o‘ziga xosligi asosida tanlashga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, mashg‘ulotlarda yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirish, mashqlar intensivligini nazorat qilish va tiklanish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etishning ahamiyati asoslangan. Olingan ilmiy-nazariy ma’lumotlar surdo-taekvondo sportchilarining jismoniy imkoniyatlarini kengaytirish, texnik-taktik harakatlarning samaradorligini oshirish hamda musobaqa faoliyatiga tayyorgarlik sifatini yaxshilashga xizmat qilishi mumkin. Tadqiqot natijalari surdo-sport maktablari, sport klublari va murabbiylar faoliyatida maxsus jismoniy tayyorgarlikni tashkil etish uchun amaliy ahamiyatga ega.

PDF