Abstract
Maqolada texnologiya darslarida STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) integrativ ta’lim yondashuvi asosida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari yoritilgan. Muallif ijodiy tafakkurni fluentlik, fleksibllik, originallik va chuqurlik birligi sifatida talqin qiladi. Pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili, sintez va modellashtirish metodlari asosida STEAM asosida ijodiy tafakkurni rivojlantirishning to‘rt bosqichli strukturaviy modeli ishlab chiqildi. Pedagogik shart-sharoitlar, integrativ mazmun va o‘qituvchining fatsilitor roli asoslangan. Natijalar texnologiya fani o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiya sifatida foydali bo‘lishi mumkin.