MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA POVOROT (AYLANISH) ELEMENTLARINI O‘RGATISH USLUBIYATLARI VA MUHIM JIHATLARI
PDF

Keywords

maktabgacha ta'lim, povorot, aylanish elementlari, jismoniy tarbiya, koordinatsiya, muvozanat, harakat ko‘nikmalari, metodika.

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga gimnastikaning asosiy harakat elementlaridan biri bo‘lgan povorot (aylanish) elementlarini o‘rgatishning zamonaviy metodik yondashuvlari, pedagogik tamoyillari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda aylanish harakatlarini bosqichma-bosqich shakllantirish, muvozanatni rivojlantirish, fazoviy tasavvurni kengaytirish, koordinatsion qobiliyatlarni takomillashtirish va harakat madaniyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘yin texnologiyalari, ko‘rgazmali usullar, mashqlarni differensiallashtirish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etishning metodik jihatlari ilmiy asoslangan. Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishda povorot elementlarini o‘rgatishning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari bolalarda chaqqonlik, epchillik, muvozanatni saqlash, harakatlarni boshqarish va fazoda mo‘ljal olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda mazkur elementlarning muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Ushbu ilmiy xulosalar maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar hamda jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.

PDF