Abstract
Mazkur tadqiqotda zararli xasva (Eurygaster integriceps Put.) bilan zararlangan O‘zbekiston Respublikasida rayonlashtirilgan yumshoq bug‘doyning 20 ta navi donida umumiy oqsil miqdori Keldal usuli yordamida aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zararlangan don na’munalarida umumiy oqsil miqdori 12,04–19,1 % oralig‘ida bo‘lib, navlar o‘rtasida sezilarli farqlar qayd etildi. Ayrim navlarda zararli xasva ta’siri natijasida oqsil miqdori keskin kamaygan bo‘lsa, boshqa navlarda ushbu ko‘rsatkich nisbatan barqaror saqlangan. Olingan natijalar zararli xasvaga nisbatan chidamli navlarni aniqlash va seleksiya jarayonida ulardan foydalanish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.