Abstract
Maqolada Rosa canina o‘simligining biologik faol moddalari, dorivorlik xususiyatlari hamda ularni aniqlash usullari o‘rganilgan. O‘simlik tarkibidagi vitamin C, flavonoidlar va boshqa biologik faol moddalar inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy tahlil usullari, xususan yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) yordamida faol moddalarning miqdorini aniqlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari dorivor o‘simliklarni standartlashtirish va farmatsevtika amaliyotida qo‘llash uchun muhim ahamiyatga ega.