Abstract
Mazkur tezisda Qoraqalpogʻiston Respublikasida ekoturizmni rivojlantirishning zamonaviy holati tahlil qilingan hamda klaster yondashuvi asosida sohaning iqtisodiy samaradorligini oshirish yoʻnalishlari asoslab berilgan. Xorijiy turistlar oqimi, turistik xizmatlar eksporti, infratuzilma va investitsion faollik koʻrsatkichlari tahlili asosida hududning ekoturistik salohiyati baholangan. Tadqiqot natijasida ekoturizm klasterini shakllantirishning ustuvor yoʻnalishlari va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan..