Abstract
Musiqa san’ati Sharq xalqlari madaniyatida shakllanib rivoj topganligi va uning ijodiy ta’siri tarixdan ma’lum. G‘arb madaniyatining o‘ziga xos rivojlanganligi esa, hozirgi zamon musiqa san’ati yutuqlaridan ilg‘ab olish mushkul emas. Natijada, musiqa san’ati ijodiyotida G‘arb musiqa san’atiga intilish, o‘xshatish, madaniyatiga ergashish kabi munosabatlar yuzaga keldi. Har bir xalq o‘zining milliy musiqa san’ati bilan birgalikda, ularga asoslangan g‘arbona musiqa ijodiyotini shakllantirdilar.